Qoraqalpog‘istonda xalq ta’limi bo‘limlariga 28 dona “Damas” topshirildi

11:23 31 May 2018 Jamiyat
368 0
Foto:O'zA

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi barcha shahar va tuman xalq ta’limi bo‘limlarida yangidan tashkil qilingan "Maxsus ta’mirlash-ekspluatatsiya xizmati” bo‘limlariga 28 dona “Damas” xizmat avtomashinalari tantanali ravishda topshirildi, deya xabar beradi O‘zA.

Qayd qilinishicha, mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 avgustdagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatidagi shahar va tuman xalq ta’limi bo‘limlariga xuddi shunday “Damas” avtomobillari topshirilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?