Qoraqalpogʻistonda fuqaro 20 ta tarixiy koʻza topib oldi. Lekin hech kim munosabat bildirmayapti

10:59 10 Dekabr 2018 Madaniyat
888 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonlikoʻl tumani “Jana qala“ OFYda yashovchi Babaqulov Menlibay dala qazish ishlarini olib borayotgan paytda tarixiy koʻza topib oladi.

Bu haqda “Xalq soʻzi Online” Sultanbek Ziyayev xabar bermoqda.

Qiziq tomoni shundaki, Menlibay bu koʻzalarni joriy yilning 12 oktyabr kuni topib olgan. Ikki kun davomida Menlibay bir joyning oʻzidan uzunligi 40 santimetr keladigan 20 dona koʻzalarni qazib oladi. Bu hodisa haqida tuman hokimligiga xabar beradi. Lekin, topilmaga qoʻni-qoʻshnilardan boshqa hech kim qiziqish bildirmaydi. Shundan keyin OFY rahbari Daryabay Abdullayev bilan maslahatlashib Nukus shahridan tarixchi Gʻayratdin Xojaniyazovni chaqirishadi. Olim koʻzalardan namuna olib, koʻzalar topilgan joyga yaqinlashmaslikni tayinlab ketadi.

“Hozir oradan shuncha payt oʻtdi, boshim qotgan, bu koʻzalarni kimga topshirishim kerak“, - deydi Menlibay Babaqulov.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?