Qoraqalpogʻistonda 995 ming 36 nafar saylovchi saylovda ishtirok etadi

13:25 22 Dekabr 2019 Siyosat
118 0

Bu galgi saylovlarda 995 ming 36 nafar qoraqalpogʻistonlik oʻzlari tanlagan nomzodlarga ovoz berishadi. Xususan, shundan 58 ming 74 nafari bunday siyosiy tadbirda ilk bor ishtirok etmoqda. Jarayonlarni 2854 nafar mahalliy kuzatuvchi kuzatib bormoqda.

Nukus shahridagi 36-sonli saylov uchastkasida jami 1974 saylovchi roʻyxatga olingan.

— Birinchi marta saylov jarayonida qatnashyapman, — deydi Manguberdi Usmonov. — Bundan judayam xursandman. Zero, men ovoz bergan nomzod mamlakatimizning yorqin kelajagi uchun xizmat qilsa, ne baxt.

Shahardagi 15-saylov uchastkasida 2098 nafar saylovchi ovoz beradi. Shundan 21 nafari oʻzlarining fuqarolik burchini muddatidan oldin amalga oshirdi.

— Ushbu saylov uchastkasiga kelib, siyosiy tadbirga tayyorgarlik, jarayonning kechishi bilan yaqindan tanishdik, — deydi shvetsiyalik xalqaro kuzatuvchi Byorn Tegeman. — Fuqarolarga yaratilgan qulayliklar, saylovchilarning jarayonga faollik bilan yondashayotgani muhim jihat. Umuman, barchasi menda yaxshi taassurot qoldirdi.

Saylov jarayonlari davom etmoqda.

Hidoyat AHMEDOV,

“Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?