Qoraqalpogʻiston va Buxoroda fuqarolarni oʻqishga kiritib qoʻymoqchi boʻlgan dekan oʻrinbosarlari ushlandi

10:11 30 Iyun 2020 Jamiyat
65 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kegeyli tuman boʻlimi tomonidan prokuratura, DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Nukus davlat pedagogika institutining oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari D.S. xizmat mavqeidan foydalangan holda, fuqaro T.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari orqali mazkur institutga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga oldindan talab qilgan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro muhandislik texnologiya instituti dekan oʻrinbosari M.A. va Toshkent Davlat irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi mexanizatsiya instituti Buxoro viloyat filiali talabasi M.Q. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro O.ni Moskva Davlat Radio elektronika va radio texnika institutiga oʻqishga kirishi uchun onlayn tarzda boʻladigan test sinovlaridan oʻtkazib berish evaziga 2 500 AQSH dollari talab qilib, shundan, 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar. Bular haqida Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?