Qoraqalpogʻiston Respublikasining ikki tumanida hokim oʻzgardi

13:30 01 Oktyabr 2018 Siyosat
1119 0
Arxiv surati

Joriy yilning 30 sentyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasining ikki tumanida yangi hokim tayinlandi.

Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri boʻlib ishlab kelayotgan Annaqulov Baxitbay Qidirbayevich Qanlikoʻl tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan. Bu haqda makan.uz xabar berdi. Shu paytgacha ushbu lavozimda Qosnazarov Mels Idreisovich ishlab kelayotgan edi.

Xoʻjayli tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Qaipov Daryabay Jaqsibayevichning oʻrniga esa Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan Yermashov Jengis Maratovich tayinlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?