Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

15:55 09 Yanvar 2019 Siyosat
365 0

Foto: QR Vazirlar Kengashi

Yembergenov Jengis Sagʻinbayevich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda QR Vazirlar Kengashi “Xalq soʻzi“ga maʼlum qildi.

J.Yembergenov ushbu lavozimga takroran tayinlanmoqda. 2012-2017 yillar mobaynida u aynan shu, yaʼni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjaligi va obodonlashtirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Keyinchalik 2017 yilda Xoʻjayli tumaniga hokim boʻlib saylangan J.Yembergenov, koʻp oʻtmay Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Apparati bosh mutaxassisi faoliyatini davom ettirdi va soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vaziri etib tayinlanib, shu kunga qadar mazkur vazirlikni boshqarib keldi.

Maʼlumot tariqasida, shu kunga qadar Vazirlar Kengashida mazkur lavozimda Sabur Nagmetov ishlab kelgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?