Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi tashabbusi bilan oʻtkazilgan sport tadbiri

17:37 13 Sentyabr 2019 Sport
486 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-noyabrdagi qarori ijrosini taʼminlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusni amalda keng joriy etish, xususan bolalarni sportga yanada kengroq jalb qilish, ularni maʼnaviy va jismoniy rivojlanishi, sportga boʻlgan qiziqishini oshirish hamda BMTning “Bola huquqlari toʻgʻrisida”ga konvensiyasi qabul qilinganligining 30 yilligini nishonlash maqsadida 2019-yil 11-sentyabr kuni Xoʻjayli tumanidagi 1-Respublika bolalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport va Xalq talimi vazirliklari tomonidan “Milliy kurash – milliy gʻurur” shiori ostida musobaqa oʻtkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari hamda sport maktabining oʻquvchilari qatnashdi, shuningdek Oʻzbekiston kurash federatsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi jamoasining Osiyo va Jahon chempionatlari gʻoliblari tomonidan “MASTER KLASS” koʻrgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Tadbir yakunida konsert dasturi namoyish etildi.

Kelgusida mamlakatimizda bolalarni sogʻlom ruhda tarbiyalash, oʻzlariga boʻlgan ishonchni mustahkamlash, ularni jamiyatda faol ishtirok etishda koʻmaklashadigan toʻliq va munosib sharoitlarda tarbiyalanishlariga qaratilgan bunday tadbirlar koʻplab oʻtkazilishi rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?