Qorakoʻldagi mahallalarda noanʼanaviy kutubxonalar ochilmoqda

14:57 17 Iyun 2019 Jamiyat
151 0

“Yoʻl yoqalab ketayotganda koʻzing beixtiyor oynavand ixcham kutubxonaga tushsa qadrdoningni topgandek suyunib ketarkansan, kishi. ”Bu bizning emas, qorakoʻllik koʻplab fuqarolarning eʼtirofi.

Gap shundaki, tuman hokimligi tashabbusi bilan aholi gavjum joylarda ana shunday oʻziga xos kutubxonalar tashkil etilmoqda. Ular hatto “xalq kutubxonasi” degan nom olishga ham ulgurdi.

Muhimi, aholi, xususan, yoshlar bu yangilikdan xursand. Maskandagi kitoblar qoʻlma – qoʻl boʻlmoqda. Bizga maʼlum qilishlaricha, Qorakoʻldagi barcha mahallada ana shunday noanʼanaviy kutubxonalar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?