Qoraxitoy qishlogʻidan noyob buyumlar topildi

16:42 11 Oktyabr 2018 Madaniyat
504 0

Ohangaron tumani Qoraxitoy qishlogʻidagi qazilma ishlari jarayonida qadimiy sopol idishlar, uy-roʻzgʻor buyumlari topildi.

Bu haqda “Oltin voha” telegramm kanali orqali maʼlumot berildi. Qazib olingan tegirmon toshi milodiy birinchi asrga mansub ekani aniqlandi. Arxeolog olim Server Ashirovning taʼkidlashicha, bu tosh tarixda tegirmon, juvoz rolini bajargan. Xullas, ushbu toshdan sholidan guruch olish maqsadida ishlatilgan. Demak, Qoraxitoy guruchi bejizga mashhur emas ekanda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?