Qor (fotogalereya)

18:07 25 Noyabr 2019 Lifestyle
379 0

Qor yogʻmoqda...

Qor yogʻardi oʻsha kuni ham.

Gʻalviridan faqat quvonch elardi falak.

Qor kapalak oʻpar edi, chehrangdan,

Oppoq nurli parchalardek sof eding yurak.

Xuddi yulduz tomchisidek qorlarga boqib,

Baxtimiz ham shunday tiniq, oqmikan derdim.

Qor raqsiga ketganingda qoʻshilib, oqib,

Shamollaysan, deb oʻzimcha gʻamingni yerdim.

Bu kun sening baxting uchun qaygʻurmoqda kim?

Kimlar bilan boqmoqdasan oppoq “qush“larga?

Yo begʻubor shoʻxliklar-u erkaliklaring,

Aylandimi yoshlikdagi shirin tushlarga?

Qor yogʻmoqda...

Boʻyanmoqda har yon oq rangga,

Tarnovdagi sumalak ham kiygan oq chopon.

Senga qanday: men borliqni oq kafandagi —

Sevgimizga qiyoslagim kelmoqda bu on.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?