Qoʻqonlik tadbirkorning 137 million soʻmdan ortiq soliq qarzi hisobdan chiqarildi

12:24 12 Oktyabr 2018 Jamiyat
861 0

Fargʻonada qatʼiy belgilangan soliqlarni oʻz vaqtida toʻlay olmay tadbirkorlik maqomini yoʻqotgan yoki faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan 6 mingdan ortiq YATT mavjud, ularning davlat byudjetidan 14 milliard soʻmdan ortiq qarzdor ekanliklari hisoblab chiqildi.

Fargʻona soliq boshqarmasi tomonidan soliq imtiyozlari orqali tadbirkorlar faoliyatini qayta yoʻlga qoʻyish yuzasidan olib borilayotgan targʻibot-tashviqot va tushuntirish ishlari natijasida shu kungacha 200 dan ortiq YATTning tadbirkorlik faoliyati roʻyxatga olinib, ularning avvalgi qarzdorliklari belgilangan tartibda hisobdan chiqarildi.

Viloyat soliq boshqarmasi bergan maʼlumotga koʻra, ana shunday tadbirkorlardan biri, qoʻqonlik Mahmudov Farhodning 137 million soʻmdan ortiq qarzi joriy yilning 7 avgustida tadbirkorlik faoliyatini tiklashi natijasida hisobdan chiqarildi.

- Olti yildan buyon davlatdan soliqlar va moliyaviy jarimalar boʻyicha 137 million soʻmdan ortiq qarzlarimni tugatish masalasini yecholmay yurgan edim, - deydi fuqaro Farhod Mahmudov. - Hukumatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlarni eshitib juda xursand boʻldim, davlat soliq idoralari xodimlari bilan maslahatlashib, tadbirkorlik faoliyatimni tikladim. Shundan soʻng 137 milion soʻmdan ortiq soliq qarzlarim hisobdan chiqarildi. Albatta, men bundan bagʻoyatda minnatdorman, yangi loyihalar ishlab chiqib, tadbirkorlik faoliyatimni kengaytirishni, qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratishni rejalashtiryapman.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?