Qoʻqonlik mashhur tadbirkor uyidan uning xotini va haydovchisi 5 mlrd. soʻmdan ortiq pullarni oʻmarib ketishdi

10:28 19 Avgust 2019 Jamiyat
77 0

Illyustrativ foto

Qoʻqonda mashhur boʻlgan tadbirkor uyidan uning xotini va haydovchisi 5 mlrd. soʻmdan ortiq pullarni oʻgʻirlashdi. Tadbirkor I.I.ga nisbatan sodir etilgan ushbu oʻgʻirlik jinoyat ortidan Qoʻqonda yogʻoch, shakar, shirinliklar savdosi bilan shugʻullanadigan tadbirkorning oʻz xotini, Z.I., uning haydovchisi O.I., xotinining dugonasi va dugonasining turmush oʻrtogʻi A.D. va R.U. hamda Qoʻqon shahrida mashhur boʻlgan folbin M.A.ga nisbatan 1-15-1904/17-sonli jinoyat ishi ochildi.

Ayblanuvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi(JK)ning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi va 243-moddasi va 168-moddasi tartibida jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

“Jahon.uz” axborot portalining ixtiyorida mavjud boʻlgan voyeqalarga doir rasmiy hujjatda, Z.I. (xotini) turmush oʻrtogʻi I.I.(eri)ning unga nisbatan munosabati oʻzgarib, boshqa ayollar bilan gaplashib yurganidan rashk qilib, uni jazolash maqsadida, turmush oʻrtogʻi va uning yaqin qarindoshlariga tegishli boʻlgan pullarini oʻgʻirlik yoʻli bilan talon-toroj qilish jinoiy rejasini tuzib, turmush oʻrtogʻi I.I.ning pullar saqlanadigan temir seyf kalitini yashirincha qoʻlga kiritib, jami milliy soʻmga nisbatan qiymati 283.532.200 soʻmni tashkil qilgan juda koʻp miqdordagi 35.000 AQSH dollar pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, oʻzining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarf qilgani aytilmoqda.

Z.I. turmush oʻrtogʻi I.I. bilan oilaviy munosabatlari sababli oʻzaro kelishaolmay oʻz ota uyiga ketib qolib, shu yerda yashab yurgan vaqtda muqaddam oilasiga haydovchilik qilgan I.O. bilan gaplashib, u bilan yaqin munosabatda boʻlib, unga turmush oʻrtogʻi I.I.ning yotoqxonasidagi seyfda juda koʻp miqdorda pullar saqlanadigan seyfning kalit nusxasini I.O.ga bergan.

I.O. esa I.I. va uning oila-aʼzolariga tegishli juda koʻp miqdordagi AQSH dollar pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Qoʻqon shahar Xoʻjakent 4-tor koʻchasi raqamsiz uyga kelib, devor orqali gʻayriqonuniy ravishda hovliga kirib, u yerdan I.I.ning yotoqxonasiga deraza orqali kirib, Z.I. tomonidan berilgan kalit yordamida seyfni ochib, uning ichidan I.I. va uning yaqin qarindoshlariga tegishli milliy soʻmga nisbatan qiymati 5 mlrd. 508 mln. 625 ming 609 soʻmni tashkil qilgan juda koʻp miqdordagi 680.000 AQSH dollar pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Shundan soʻng I.O. va Z.I. jinoiy yoʻl bilan qoʻlga kiritilgan pullarni oʻrtada taqsimlab, oʻzlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflashgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?