Qoʻqondagi “Shedevr” choyxonasidagi suiqasd sudga oshirildi. 37 kishiga ayblov eʼlon qilingan

21:12 18 Sentyabr 2020 Jamiyat
323 0

Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona viloyat sudida 2020-yil 5-fevral kuni kechasi Qoʻqon shahridagi “Shedevr” choyxonasida sodir etilgan bezorilik va odam oʻldirishga suiqasd qilish jinoyatlari va shunga aloqador boshqa jinoyat ishlarini koʻrish boshlandi.

Bir guruh yoshlar oʻrtasida roʻy bergan ommaviy toʻpolon oʻsha paytda shov-shuvlarga sabab boʻlib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor tadbirlar olib borildi. Voqea ishtirokchilarining barchasi qoʻlga olingan.
Dastlabki tergov organi Jinoyat Kodeksining 105-moddasi (badanga qasddan oʻrtacha ogʻir jarohat yetkazish), 277-moddasi (bezorilik), 25-97-moddasi 2-qismi (javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish), 248-moddasi 2 va 3- qismlari (qonunga xilof tarzda oʻqotar qurolini oʻtkazish va saqlash) kabi jinoyat sodir etgan jami 37 nafar shaxsga nisbatan ayb eʼlon qilgan.

"Jinoyat ishi viloyat sudi binosida ochiq sud majlisida sudlanuvchilarning 29 nafar advokatlari ishtirokida koʻrilmoqda. Hozirda sudlanuvchi va jabrlanuvchilarning koʻrsatuvlari eshitilmoqda. Pandemiya sababli fuqarolarning sud majlisida ishtirok etishi cheklangan.

Shunday boʻlsada, karantin qoidalariga rioya etgan holda fuqarolarning ochiq sud majlisida ishtirok etishlari imkon darajasida taʼminlanmoqda. Keyingi sud majlislarida sudlanuvchilar bilan birga 60dan ziyod guvohlarning koʻrsatuvlari eshitiladi. Ish yuzasidan yakuniy qaror qachon chiqarilishi nomaʼlum, lekin qonuniy va adolatli hukm qonunda belgilangan muddatda chiqariladi", deydi viloyat sudining sudyasi Rahmatjon Arapov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?