Qoʻqon universiteti tashkil etildi

10:14 20 Avgust 2019 Jamiyat
2543 0

Arxiv foto

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Qoʻqon universiteti tashkil etildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Universitet nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanib, oʻqitish oʻzbek, rus va ingliz tillarida toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Bakalavriat va magistraturaga qabul parametrlari, shuningdek, qabul qilish tartibi va qoidalari

Universitet tomonidan belgilanadi.

Universitetda taʼlim 2019/2020 oʻquv yilidan boshlanadi.

Bitiruvchilarga Oʻzbekistonda oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?