Qoʻqon qishloq xoʻjaligi va texnologiyalar texnikumi tashkil etiladi

08:53 27 Iyun 2020 Hujjatlar
96 0

Vazirlar Mahkamasining “Qoʻqon qishloq xoʻjaligi va texnologiyalar texnikumi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xoʻjayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Majidov), Fargʻona viloyati hokimligi (Gʻaniyev)ning Fargʻona viloyatida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Qoʻqon shahridagi Usta-bozor koʻchasi, 92-uy manzilida joylashgan Qoʻqon maxsus yengil sanoat kasb-hunar kolleji negizida Qoʻqon qishloq xoʻjaligi va texnologiyalar texnikumini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullanadi.

Texnikum qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va qadoqlash texnologiyasi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlash, organik mahsulotlar yetishtirish agrotexnologiyasi, agromarketing va logistika, tovarshunoslik, oʻsimliklar himoyasi va karantini kabi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashtiriladi.

Texnikumda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab yangidan tashkil etiladigan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati tasdiqlanadi.

Qoʻqon qishloq xoʻjalik va texnologiyalar texnikumi faoliyatini samarali tashkil etish uchun:

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xoʻjayev), Moliya vazirligi (Ishmetov) bilan birgalikda Jahon bankining “Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida ajratiladigan imtiyozli kreditlar hisobidan 1,85 mln. dollarni texnikum binolarini rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun yoʻnaltiradi;

Moliya vazirligi (Ishmetov) davlat byudjetidan 630 mln. soʻm, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaliklarini rivojlantirish agentligi bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaliklarini rivojlantirish jamgʻarmasidan hamda Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasidan 1,4 mlrd. soʻm, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi 1 mlrd. soʻm ajratadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?