Qoʻqon haqida kitob yaratilmoqda

09:42 17 Iyun 2019 Madaniyat
660 0

Foto: "Xalq so'zi"

Xalqaro hunarmandchilik festivaliga bagʻishlab Qoʻqon haqida kitob yaratilmoqda.

Tayyorlanadigan kitob-albom shaharning paydo boʻlishi va bugungi tarixi, shaharning mashhur shaxslari, shahar iqtisodiyoti, taʼlimi, sogʻliqni saqlash, istirohat –bogʻlari, muzey va bozorlar, Qoʻqonning adabiy muhiti hamda Qoʻqon futbolining rivojlanishi mufassal bayon etiladi.

Buyuk ipak yoʻlining koʻhna Qoʻqon taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi alohida bob orqali bayon qilinadi. Kitob albom tarzida joriy yil avgust oyigacha oʻzbek, rus va ingliz tillarida 5 ming nusxada chop etilishi rejalashtirilgan.

Ayni kunlarda Qoʻqon Davlat pedagogika institutining Tarix fanlari professor- oʻqituvchilari bu borada ilmiy ish olib borishmoqda.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, sentyabr oyida boʻlib oʻtadigan xalqaro festivalga qadar Qoʻqon shahridagi barcha tarixiy obidalar va ularga olib boradigan marshrutlar Google xaritalariga kiritiladi. Bu esa xalqaro hunarmandchilik festivali kunlari va undan keyin ham sayyohlarning Google geolokatsiya dasturi yordamida manziliga osonlik bilan yetib borishiga xizmat qiladi. Internetdagi eng nufuzli maʼlumot manbai - jahon ensiklopediyasi Wikipediaʼda ham Qoʻqon shahri hunarmandchiligi, tarixiy obidalariga doir muhim va qiziqarli maʼlumotlar ham joylashtiriladi.

Elyorjon EHSONOV, Xalq soʻzi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?