Qonun ustuvor, adolat barqaror boʻlsa, jinoyatchilikka oʻrin qolmaydi

21:49 10 Yanvar 2019 Jamiyat
624 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 10 yanvar kuni mamlakatimiz tinchligi va jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olish borasidagi kelgusi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

Bugungi globallashuv davrida yangidan-yangi tahdid va xavf-xatarlar paydo boʻlmoqda, jinoyatlarni sodir etish usul va vositalari, maqsadlari oʻzgarib bormoqda. Shularni hisobga olgan holda, mamlakatimizda keyingi ikki yilda mazkur masalalar boʻyicha 100 dan ortiq hujjatlar qabul qilindi.

Xususan, ichki ishlar tuzilmalari isloh etildi. “Xavfsiz shahar”, “Xavfsiz turizm”, “Xavfsiz xonadon” tizimlari joriy etildi hamda 24 soatlik patrul xizmati yoʻlga qoʻyildi. Bularning samarasida oʻtgan yili jinoyatchilikni 33 foiz kamaytirishga erishildi.

— Koʻrilayotgan choralar natijasida fuqarolarimizda adolat va qonun ustuvorligiga ishonch paydo boʻlmoqda. Lekin xotirjamlikka berilishga hech kimning haqi yoʻq, hali oldimizda qilinadigan ishlar koʻp, — dedi davlatimiz rahbari.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?