Qonun qabul qilindi. Endi normativ-huquqiy baza zaif, degan bahonalar ketmaydi — Senat Raisi

15:05 21 Oktyabr 2020 Siyosat
221 0

Senat Raisi Tanzila Narbayeva parlament yuqori palatasining sakkizinchi yalpi majlisida mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarga toʻxtaldi.

– Oʻtgan galgi yalpi majlisimizda “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullangan edi, – dedi Senat Raisi T.Narbayeva. – Kuni kecha Prezidentimiz mazkur Qonunni imzoladi. Taʼkidlash joizki, Qonun bilan yillar davomida yigʻilib qolgan muammolarga yechim topildi. Sohadagi normativ asosning zaifligi, koʻplab boʻshliqlarning mavjudligi tufayli jamiyatimizda nogironligi boʻlgan shaxslar koʻplab muammolarga duch kelardi. Bu – nogironlikni qayd etish jarayoni, ularni ijtimoiy hayotga integratsiya qilish, toʻsiqsiz muhitni yaratish kabi masalalarda koʻp kuzatilar edi.

Qonun qabul qilindi. Endi normativ-huquqiy baza zaif, degan bahonalar ketmaydi. Muammolarni tezda bartaraf etish lozim. Masʼul idoralar ushbu yoʻnalishda tezkor amaliy choralar qabul qilish shart.

Masalaning dolzarb boʻlgani bois Senat nazoratida saqlanadi. Mutasaddi vazirlik va idoralarning bu borada amalga oshirgan ishlari Oliy Majlis yuqori palatasi majlislarida muhokama qilib boriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?