Qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlashda “paket” prinsipi joriy qilinadi

20:24 20 May 2020 Hujjatlar
136 0

“Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2020-yil 1-iyuldan boshlab qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlashda quyidagilarni nazarda tutuvchi “paket” prinsipi joriy qilinadi:

  • yangi qonun loyihasini ishlab chiqishda uni amalga oshirishga qaratilgan havolaki normalar yangi qonun bilan birga yoki qonunda belgilangan muddatda ishlab chiqiladi va kuchga kiradi;
  • yangi qonun loyihasi bilan belgilanayotgan qoidalar ilgari qabul qilingan qonunlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritishni taqozo etganda, ilgari qabul qilingan qonunlarga oʻzgartirish kiritish yangi qonunni qabul qilish bilan bir vaqtning oʻzida amalga oshiriladi;
  • vazirlik va idoralar oʻzlari tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga bir xil masaladagi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni bitta hujjat bilan kiritadi;

Adliya vazirligiga Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestrida mavjud boʻlgan hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi, bunda ular aynan bir xil masalada va texnik koʻrinishda boʻlishi lozim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?