“Qonun himoyasida turib oʻzlari qonunni buzayotganlarni kamida ishdan boʻshatish kerak”mi? — IIV munosabat bildirdi 

18:17 01 Iyun 2020 Jamiyat
461 0

Telegramm ijtimoiy tarmogʻining “Elon_qashqadaryo” kanalida tarqalgan “Qonun himoyasida turib oʻzlari qonunni buzayotganlarni kamida ishdan boʻshatish kerak” sarlavhali video tasvir yuzasidan IIV maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati Koson tumanida joriy yilning 30-may kuni soat taxminan 21.40larda aholining karantin tadbiri qoidalariga amal qilishini nazorat qilish maqsadida oʻtkazilgan tungi reyd davomida, tumanning Nihol MFYda joylashgan «Nihol Saidbaraka» savdo doʻkoni yonida Qashqadaryo viloyati IIB tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimi, qonunda belgilangan vazifasidan chetga chiqib, shu MFYda yashovchi 1992-yilda tugʻilgan X.M.ga nisbatan noqonuniy ravishda kuch ishlatib, uni shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazgan.

"Hozirda IIV Oʻz xavfsizligi xizmati Qashqadaryo viloyati boʻlinmasi tomonidan holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan boʻlib, tadbir ishtirokchilarining har birini xatti-harakatlariga qonuniy baho beriladi" deyiladi vazirlik axborot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?