Qonni suyultirish organizm uchun foydalimi?

11:33 29 Oktyabr 2020 Jamiyat
433 0

Ushbu savolga shifokor-valeolog Baxtiniso Azimboyeva javob berdi:

— Hozirgi kunda koronavirus kasalligida qon quyuqlashishi holatlari kuzatilmoqda. Bemorlar qonni suyultiradigan turli xil preparatlar qabul qilishga harakat qilishmoqda.

Aslida, qon quyuqlashganda, uni suyultirishga emas, qonni normal funksional holatiga qaytarish kerak.

Qon suyuqlashib ketsa, uning ivuvchanligi pasayadi, natijada travma boʻlganda, koʻp qon yoʻqotilishi mumkin.

Qon quyuqlashishi infarkt, insultga olib kelsa, suyuqlashishi esa jarohatlarda qonning toʻxtamay oqishiga olib keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?