Qon bosimining oshib ketishiga qarshi kurashish uchun eng yaxshi mahsulotlar qaysilar?

12:53 16 Fevral 2019 Lifestyle
723 0

Illyustrativ foto

Amerikalik olimlar qon bosimi oshishidan aziyat chekadiganlar ovqatlanish ratsioniga quyidagi mahsulotlarni qoʻshish taklifi bilan chiqdi. Zero, bunday neʼmatlar gipertoniyaga qarshi yaxshi kurashuvchanlik xususiyatiga ega ekan.

Pomidor sharbati. Bosimning oshib ketishi organizmda natriyning koʻpayib ketishi bilan bogʻliq. Kaliy esa unga qarshi muvozanat hosil qila oladi. Olimlarning aytishicha, aynan pomidor sharbatini isteʼmol qilish organizmda natriy meʼyori koʻpayib ketishining oldini oladi.

Organizmda natriyning yigʻilib qolishi yurak-qon tomiri oʻtkazuvchanligini yomonlashtirib, aritmiyaga olib keladi. Boz ustiga, yosh oʻtgan sari natriy tez yigʻila boshlaydi.

Mutaxassislar yoshi katta inson organizmi har kuni 3500 milligramm kaliy qabul qilishi kerakligini eslatib oʻtishdi. Tadqiqotlar kam kaliy isteʼmol qiladiganlarda qon bosimi barqaror oʻsib borishini koʻrsatdi. Kaliyning bir kunlik normasi esa bir stakan pomidor sharbatida mavjud. Pomidorlar ushbu mikroelementlarga boy boʻlgani uchun gipertoniyaga qarshi kurashishda eng yaxshi vositadir.

Yogurt. Shifokorlar bosimni meʼyorlashtirish uchun haftasiga besh marotaba tabiiy yogurt isteʼmol qilishni tavsiya etishadi. Oʻz navbatida u gipertoniyaga qarshi kurashishda yaqindan yordam beradigan eng yaxshi mahsulotlardan biridir. Yogurt tarkibidagi kaliy qon bosimi oshishiga olib keladigan organizmdagi ortiqcha tuzni haydab chiqaradi. Qolaversa, u tana uchun zarur boʻlgan kalsiy va oqsilga boydir.

Bundan tashqari, olimlar qon bosimi oshishiga qarshi kurashishda qoʻl keladigan yana bir nechta mahsulotlar nomini sanab oʻtishdi. Ular: tovuq goʻshti, mol goʻshti, baliq, banan, brokkoli va yongʻoqlardir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?