Qoʻmondon harbiylar mahallasiga kompyuter sovgʻa qildi

10:55 02 Noyabr 2019 Jamiyat
24 0

Yaqinda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Dilshod Choriyev Nukus garnizonidagi “Vatanparvar” harbiylar mahalla fuqarolar yigʻiniga tashrif buyurib, u yerga vaʼda qilingan zamonaviy kompyuter jamlanmasini sovgʻa qildi. Bu haqda mazkur okrug matbuot xizmati xabar berdi. 

Taʼkidlash joizki, harbiy shaharcha hududida joylashgan ushbu mahalla faoliyati 2018-yilning 4-noyabr kuni yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, undagi jami 19 ta qoʻp qavatli uyda 500 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar hamda harbiy pensionerlar istiqomat qilishadi.

Eʼtiborlisi, shu yilning 14-avgust kuni respublika miqyosidagi jami harbiy mahallalar oʻrtasida Nukus garnizonidagi “Vatanparvar” mahallasi eng namunali deya eʼtirof etilib, vazirlik tizimidagi barcha harbiy mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari bilan tajriba almashish maqsadida oʻquv seminari oʻtkazilgan edi.

“Mahallamizda 5 nafar ishchi ishlaydi. Kompyuter texnikasiga ehtiyojimiz katta boʻlgan. Chunki butun mahalla fuqarolar yigʻini ehtiyojlari uchun bir dona kompyuter jamlanmasi ishlatilib kelingan. Yaqinda harbiy okrug qoʻmondonining tashrifi davomida ushbu masalani koʻtargan edik. Koʻp vaqt oʻtmay bizning iltimosimiz ijobiy hal boʻldi. Bundan, albatta hammamiz baxtiyormiz”, – deydi mahalla fuqarolar yigʻini raisi Rayxon Bekniyazova.

Tashrif davomida harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni mahalladagi sharoitlar bilan yaqindan tanishib, maʼnaviyat va maʼrifat xonasi ehtiyoji uchun kerakli boʻlgan anjomlarni tezroq olib berishga mansabdor shaxslarga koʻrsatma berdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?