Qoʻlbola spirtli ichimliklar kamida 116 kishining umriga zomin boʻldi

14:22 12 Fevral 2019 Dunyo
408 0

Foto: indianexpress.com

Hindiston shimolida qalbaki alkogol mahsulotlaridan kamida 116 kishi zaharlanib hayotdan koʻz yumdi, yana 16 kishining ahvoli ogʻir, ular shifoxonada, deb yozadi The Times of India. Xabar berilishicha, hayotdan koʻz yumganlarning koʻpchiligi Uttar-Pradesh shtatida toʻylarda, ibodat yigʻinlari va boshqa koʻplab ommaviy tadbirlarda soxta spirtli ichimlik isteʼmol qilgan.

Arzon xom ashyodan tayyorlanib, plastik paketlar va tunuka idishlarga qadoqlangan qalbaki alkogol itseʼmol qilish ushbu mintaqada anchadan beri oddiy hol hisoblanadi. Mahalliy aholining aytishicha, ular shtatning hamma joyida sotiladi.

Ayni paytda Saxaranpur shahridaspirtli ichimliklarning noqonuniy savdosiga qarshi ommaviy namoyishlar boshlangan.

Xususan, kecha ayollar mahalliy spirtli ichimliklar doʻkoniga hujum qilib, uni vayron qilishgan.

Uttar-Pradesh shtati bosh vaziri Yogi Adityanatx spirtli ichimliklarning noqonuniy savdosiga aloqadar boʻlganlarga nisbatan qatʼiy choralar koʻrilishi haqida ogohlantirish bilan chiqish qilgan.

The Indian Express nashrining yozishicha, kontrafakt alkogol mahsulotlari savdosiga qarshi kurashish kampaniyasi doirasida 3 mingdan ziyod odam qoʻlga olingan, shtat hududining oʻzida 79 ming litr spirtli ichimliklar musodara qilingan.

Hind hukumati oʻlimga olib kelgan zaharlanish holatlarini tekshirish boʻyicha maxsus guruh tuzgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?