Qoʻlbola aroq tayyorlashga chek qoʻyildi

11:40 09 Oktyabr 2019 Jamiyat
96 0

Mamlakatimizda xususiy tadbirkorlik va kichik biznesga yaratib berilayotgan qulayliklardan noqonuniy tarzda foydalanishga urinayotganlar uchramoqda.

Xususan, Toʻrtkoʻl tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda oʻtkazgan tadbir davomida ana shunday soxta tadbirkorlar faoliyatiga chek qoʻyildi.

Gap shundaki, tuman markazida istiqomat qiluvchi S.S. va tumandagi “Oʻzbekiston” ovul fuqarolar yigʻinida yashovchi X.R. oʻzaro til biriktirib, qoʻlbola usulda alkogol mahsulotlari tayyorlashayotgani aniqlandi. Ulardan qiymati 106 million 536 ming soʻmlik 7152 shisha aroq hamda va ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan uskunalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hidoyat AHMEDOV
(“Xalq soʻzi”)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?