Qodirovning qizi Checheniston madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. Lekin bu uning tashabbusi emas...

18:01 02 Sentyabr 2020 Dunyo
380 0

Arxiv surat

Checheniston prezidenti Ramzan Qodirovning qizi Ayshat Qodirova respublika madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan.

Bu haqda respublika rahbari Ramzan Qodirovning oʻzi maʼlum qildi.

«Ayshat Qodirova Checheniston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi», deb yozgan Qodirov oʻzining «Telegram» kanalida.

Kolleksiyasi koʻplab mamlakatlarda qadrlanadigan moda uyini boshqarib kelgan va dunyoga chechenlarning urf-odatlari hamda anʼanalarini namoyish etib keladigan Qodirova Checheniston rahbarining soʻzlariga koʻra, eng murakkab loyihalarni boshqarish boʻyicha tajribaga ega.

Shuningdek, respublika rahbarining qoʻshimcha qilishicha, Qodirova Checheniston filarmoniyasining rivojlanishiga oʻz hissasini qoʻshgan. Joriy yilning mart oyida esa “Checheniston Respublikasidagi xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

«Ayshat oʻzini madaniyat sohasini yaqindan oʻrganishga bagʻishladi, ushbu yoʻnalishdagi taniqli va yetakchi mutaxassislar bilan faol aloqada boʻldi», deya qoʻshimcha qilgan Qodirov.

Uning taʼkidlashicha, Ayshatni Checheniston madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlash toʻgʻrisidagi qaror Checheniston madaniyat vaziri Xoj-Baudi Daayevning tashabbusi asosida qabul qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?