Qiziriqda oilaviy poliklinika ish boshladi (Fotoreportaj)

18:22 21 Dekabr 2018 Jamiyat
303 0

Foto: “Xalq soʻzi Online”

“Xalq soʻzi Online”. Ilhom Rahmatov/Surxondaryo. Qiziriq tumanidagi Zarobod qishlogʻida 43-son qishloq oilaviy poliklinika binosi foydalanishga topshirildi.

Foto: “Xalq soʻzi Online”

Shu munosabat bilan uyushtirilgan tadbirda qishloq joylarda aholi salomatligini muhofazalash, tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida zamonaviy tibbiyot muassasalari bunyod etilib, diagnostika va davolash ishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilayotgani alohida taʼkidlandi.

Foto: “Xalq soʻzi Online”

100 qatnovga moʻljallangan poliklinika “Termiz daryo porti” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan ajratilgan 2 milliard 250 million soʻmlik homiylik mablagʻi hisobida rekonstruksiya qilinib, zarur jihoz, tibbiy uskuna va apparatlar bilan jihozlandi.

Foto: “Xalq soʻzi Online”

Endilikda bu yerda jarroh, terapevt, pediatr, akusher-ginekolog, stomatolog kabi tor va umumiy amaliyot shifokorlari aholiga malakali tibbiy xizmat koʻrsatadi. Oilaviy poliklinikaning ochilish marosimida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Poʻlatov ishtirok etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?