Qiziltepalik uch fermerning oʻziga xos bayram sovgʻasi...

21:46 01 Sentyabr 2020 Jamiyat
174 0

Mamlakatimiz Mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligi nishonlanayotgan shu quvonchli kunlarda Qiziltepa tumanining Raʼno Valiyeva rahbarligidagi «Valiobod», Gʻayrat Nishonov rahbarligidagi “Mustaqillik-10” va Quvonchbek Husenov rahbarligidagi “Navnihol Oʻrtachoʻl” fermer xoʻjaliklari paxta topshirish shartnomaviy rejasini viloyatda birinchi boʻlib ortigʻi bilan bajarishdi.

Taʼkidlash joiz har uchchala fermer ham tumanning iqlim sharoiti ogʻir Oʻrtachoʻl hududida dehqonchilik qilib, sidqidildan qilingan mehnat oʻz samarasini berishini choʻl sharoitida bir necha yillardan buyon isbotlab kelishmoqda.

— Mamlakatimiz rahbarining kuni kecha xalqimizga yoʻllagan bayram tabrigi nihoyatda ruhlantirdi, — deydi «Valiobod» fermer xoʻjaligi rahbari Raʼno Valiyeva. — Shunday sinovli kunlarga qaramasdan mamlakatimiz iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlayotganligi, oqilona siyosat samarasidir. Bizning fermer xoʻjaligimiz bunga javoban dalamizdagi bir misqol ham hosilni yogʻin-sochinli kunlarga qoldirmay terib olib, rejani ikki hissa uddalashni koʻzlamoqdamiz.

Zafar quchgan fermerlarga klasterning qimmatbaho sovgʻalarini “Baxt tekstil” MCHJ Qiziltepa filiali rahbari H.Togʻayev dalaning oʻzida topshirib, ularni bayram bilan qutladi.

Temur ESHBOYEV,
(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?