Qishni kuzatish bayramida 1,5 ming porsiyadan ortiq palov sotildi

16:14 13 Mart 2019 Dunyo
343 0

Illyustrativ foto

Rossiya poytaxtida Maslenitsa(ruslarning qishni kuzatish bayrami) festivali nihoyasiga yetdi. U Moskva markazi va okruglaridagi 24 ta maydonda tashkil etildi.

Oʻn kun davom etgan ushbu madaniyat tadbir davomida mehmonlarga 400 ming porsiya quymoq va oladya tarqatildi. Bu oʻtgan yildagiga nisbatan 60 foiz koʻpdir. Qolaversa, yogʻoch idishda tayyorlangan 115 ming litrdan ortiq qaynoq ichimlik ichildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Eʼtiborlisi, Moskvadagi Manejniy maydonida turli xalqlar taomlari ham taqdim etildi. Festival kunlari davomida bir yarim ming porsiyadan ortiq oʻzbek palovi, 220 ming porsiya kabob, dengiz mahsulotlari qoʻshilgan 1350 porsiya paelya(ispan milliy taomi), 900 ta steyk, 750 porsiya borshch(karam shoʻrva) sotildi.

Ishtirokchilar uy dasturxoni uchun 2 ming kg.dan ortiq pishloq, qariyb 1,5 ming kg. baliq va dengiz mahsulotlari hamda 1170 kg.ga yaqin goʻsht mahsulotlari xarid qilishgan.

Marosim davomida, shuningdek, pazandachilik va ijodiy mahorat maktablari, ochiq havoda oʻtkaziladigan oʻyinlar, koʻcha teatrlari, folklor chiqishlari, xullas, barcha oilalar madaniy hordiq chiqarishlari uchun oʻyin-kulgilar tashkil etildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?