Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

18:03 17 Iyul 2018 Jamiyat
466 0
Illyustrativ foto

Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqidagi qarori qabul qilindi.

Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi. Nizomga ko‘ra, jamg‘arma mablag‘laridan, xususan, yetishtiriladigan paxta va g‘alla hosilini o‘z vaqtida moliyalashtirishda foydalaniladi.

Jamg‘arma davlat xaridi uchun paxtaning umumiy hajmi bo‘yicha — “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati bilan, g‘allaning umumiy hajmi bo‘yicha esa — “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan Bosh bitim tuzadi.

Jamg‘arma mablag‘larining maqsadli sarflanishi, to‘lovlar va hisoblarni to‘liq hamda o‘z vaqtida amalga oshirish ustidan nazorat qilish Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?