Qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari tayinlandi

17:00 27 Fevral 2019 Jamiyat
438 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26 fevraldagi qaroriga binoan Teshayev Shuhrat Juroqulovich Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

Teshayev Shuhrat Toshkent davlat agrar universiteti bitiruvchisi, maʼlumot boʻyicha olim-agronom

Tayinlovga qadar Fargʻona viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimini egallagan. Bundan avval Oʻzbekiston Paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Bosh direktorining oʻrinbosari, “Paxta” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri boʻlib faoliyat yuritgan.

Qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari sifatida Teshayev paxtachilik, gʻallachilik, qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish va qishloq xoʻjaligining suv uchun ehtiyojlarini tahlil qilish masalalari bilan shugʻullanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?