Qishloq xoʻjaligi sohasidagi yirik talon-torojliklar fosh etildi

11:36 12 Sentyabr 2018 Jamiyat
262 0
Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning Bekobod tuman boʻlimi qishloq xoʻjaligi sohasidagi yirik talon-torojliklar fosh etdi.

Departamentning Bekobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga kadar tekshiruv davomida, 2017 yilning noyabr-dekabr oylarida tumandagi Qishloq va suv xoʻjaligi, Statistika, Yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari rahbarlaridan iborat komissiya aʼzolari 25 nafar fermer xoʻjaligiga noqonuniy ravishda jami 237,7 mln. soʻmlik moliyaviy qoʻllab-quvatlash mablagʻlarini byudjetdan ajratib, ushbu mablagʻlarni fermer xoʻjaliklari hisob-raqamlariga oʻtkazib, byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga qaraganda, mazkur holat yuzasidan yuqoridagi tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?