Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida

19:35 09 Dekabr 2018 Hujjatlar
432 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Koʻp yillik fidokorona mehnati bilan mamlakatimizning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini yanada mustahkamlash, qishloq xoʻjaligi sohasi rivojini yangi bosqichga koʻtarish va uni kompleks modernizatsiya qilish, sohaga innovatsion texnologiyalar, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini, klaster tizimini keng joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, barcha turdagi qishloq xoʻjaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirib, el-yurt farovonligini yuksaltirish, dasturxonlarimiz toʻkinligini taʼminlashga qoʻshgan munosib hissasi, agrar sektorda islohotlarni, davlat dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin:

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi”

Inamova Sanobat Axmatovna — Chust tumanidagi “Sanamjon Sanobar” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Namangan viloyati

Ummatov Shavkat Tursunovich — Oqoltin tumanidagi “Ulugʻbek” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Sirdaryo viloyati

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan irrigator”

Xujayev Xolbek Rizayevich — “Narpaydavsuvmaxsuspudrat” davlat unitar korxonasi ekskavator mashinisti, Samarqand viloyati

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan chorvador”

Xujanov Jaksimurat Kalenovich — Konimex tumanidagi “Qushquduq-Doʻstlik-Kumush-suri” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh choʻponi, Navoiy viloyati

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Noviskiy Zinoviy Bogdanovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi huzuridagi oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri

Normuradov Xolmamat — Termiz tumanidagi “Termiz parrandachilik fabrikasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati raisi, Surxondaryo viloyati

Payziyev Rustam — oʻijduvon tumanidagi “Fayz” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Buxoro viloyati

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Abzalov Miradxam Fuzailovich — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti laboratoriya mudiri

Aminov Davlatboy Xajiyevich — Xonqa tumanidagi “FЕYEDGRAN” masʼuliyati cheklangan jamiyati raisi, Xorazm viloyati

Axmedov Alijon — Qoʻrgʻontepa tumanidagi “Oq-suv” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Andijon viloyati

Begmatov Baxodir Safarovich — Guliston tumanidagi “Orol neʼmatlari” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Sirdaryo viloyati

Boqiyev Odil Sodiqovich — “Romitandavsuvmaxsuspudrat” davlat unitar korxonasi ekskavator mashinisti, Buxoro viloyati

Jalilova Mavluda Ismatovna — Karmana tumanidagi “Aliqul-Qahramon davomchisi” fermer xoʻjaligi mexanizatori, Navoiy viloyati

Majidov Axmat Najmiddinovich — Oltinsoy tumanidagi “Yangi turmush” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Surxondaryo viloyati

Matyakubov Iskandar — Ellikqalʼa tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Usmanov Aktam Suvanovich — “Zarafshon” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining “Miankal Tos” irrigatsiya tizimi boʻlimi boshligʻi, Samarqand viloyati

Xalikulov Zair Ibragimovich — Arnasoy tumanidagi “MTT SEA FOOD” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Jizzax viloyati

Xatamov Abduvali — Bekobod tumani veterinariya boʻlimi katta veterinari, Toshkent viloyati

Xojiaxmedov Mamasabir — Rishton tumanidagi “Straus Farm” qoʻshma korxonasi taʼsischisi, Fargʻona viloyati

Xolyorov Ibrogim Tuychiyevich — Qarshi tumanidagi “Baxt” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Qashqadaryo viloyati

Xudayberdiyeva Omina Inamovna — Mingbuloq tumanidagi “Mulkobod orzular diyori” fermer xoʻjaligi ishchisi, Namangan viloyati

“Doʻstlik” ordeni bilan

Abdillayev Tulegen — Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti qishloq xoʻjalik mashinalari kafedrasi dotsenti

Bezborodov German Aleksandrovich — Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti yetakchi ilmiy xodimi

Jiyanov Saidmurod Sotiboldiyevich — “Quyi Sirdaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining Sardoba tumani irrigatsiya boʻlimi bosh gidrotexnigi, Sirdaryo viloyati

Jonabilov Mahmudjon Payzullayevich — “Paxtakor agroservis MTP” masʼuliyati cheklangan jamiyati kombaynchisi, Jizzax viloyati

Kurbaniyazov Murat Kojametovich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi agrotadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi

Kuchkarov Jumabay — Toshkent davlat agrar universiteti dehqonchilik va melioratsiya kafedrasi dotsenti

Muxamadiyev Umit Gayratovich — Fargʻona tumanidagi “Vodil ipak yigiruv” shoʻba korxonasi direktori oʻrinbosari, Fargʻona viloyati

Nasibullina Farida Rafikovna — Yuqori Chirchiq tumanidagi “Oltinkoʻz durdonasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati biolaboratoriya mudiri, Toshkent viloyati

Ollaberganov Ollabergan Rajabovich — Xiva tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Xorazm viloyati

Raximov Kaxramon Baymatovich — Qashqadaryo viloyati asalarichilar uyushmasi aʼzosi

Saidov Yusup Mamatovich — “Amu-Surxon” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining Uzun tumani irrigatsiya boʻlimi boshligʻi, Surxondaryo viloyati

Salimova Nazakat Astanovna — Olot tumanidagi “Xidir bobo” fermer xoʻjaligi pillachisi, Buxoro viloyati

Sulaymanov Abdumutalib Kuchkarovich — Andijon viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasi meva-sabzavotchilik, uzumchilik va kartoshkachilik boʻlimi boshligʻi

Xalimov Komildjon Rashidovich — Samarqand tumanidagi “Oq amur baliqlari” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Samarqand viloyati

Xasanov Sodikjon Dexkonbayevich — Chust tumanidagi “Baraka meva sanoat servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati raisi, Namangan viloyati

“Shuhrat” medali bilan

Babayev Babojon Xajiyevich — Urganch tumanidagi “Xorazm quyon savdo” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati

Babaxanov Baxridin Sulaymanovich — Qumqoʻrgʻon tumani veterinariya boʻlimi uchastka boshligʻi, Surxondaryo viloyati

Djumanazarov Alisher Rustamovich — Nukus tumanidagi “Nukus Agro Impex” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Karamova Tamara Asenovna — Kegeyli tumanidagi “Boʻzatov” davlat oʻrmon xoʻjaligi oʻrmonbegici, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Kimsanov Xasanboy Buriboyevich — Jalaquduq tumanidagi “Al-Hasanboy bek bogʻi” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Andijon viloyati

Kuvatov Kamardin Tadjidinovich — Andijon shahridagi “Sapfir sanoat” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati

Kuchkarova Sharafat Rayimovna — G`allaorol tumanidagi “G`allaorol agro pilla” masʼuliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Jizzax viloyati

Norova Shoira Muxtorovna — Qorakoʻl tumanidagi “Ergash Raximov Plyus” fermer xoʻjaligi ishchisi, Buxoro viloyati

Orzikulov Kenjabay Nazarovich — Baxmal tumanidagi “Bakhmal Fruit Growing” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Jizzax viloyati

Otadjanov Kurban Xasanovich — Oltiariq tumanidagi “Shohimardon” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Fargʻona viloyati

Rizoqulov Xusniddin Salimtoshevich — Xatirchi tumanidagi “Umid-27” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Navoiy viloyati

Rixsiyeva Gulnora Mirolimovna — Parkent tumanidagi “Zamona Raʼno” masʼuliyati cheklangan jamiyati ijrochi direktori, Toshkent viloyati

Roʻziboyev Xamid Abdusamadovich — Urgut tumanidagi “Roʻziboyev Xomid” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Samarqand viloyati

Saydaxmetov Olimxoʻja Xamitovich — Chinoz tumanidagi “Saidaxmedov Xamid” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Toshkent viloyati

Tashmatov Abdirashit Tulabayevich — Mirishkor tumanidagi “Tojikiston” suv isteʼmolchilar uyushmasi suvchisi, Qashqadaryo viloyati

Oʻdakov Umrbek Shomuratovich — “Bogʻot agro MTP” masʼuliyati cheklangan jamiyati mexanizatori, Xorazm viloyati

Haqberdiyev Sodiq Sayfiddinovich — Narpay tumanidagi “Paxtakor” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Samarqand viloyati

Xodjayev Nosir Kosimovich — Namangan shahridagi “Shifo” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori oʻrinbosari, Namangan viloyati

Xoshimov Sherxon — Buvayda tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Fargʻona viloyati

Sharipov Kabil Kamiddinovich — Kitob tumanidagi “Sharipov Qobil Komiddinovich” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Qashqadaryo viloyati

Eshanqulov Baxtiyor Abdullayevich — Mirzaobod tumanidagi “Bek klaster” masʼuliyati cheklangan jamiyati suvchisi, Sirdaryo viloyati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti   Sh. Mirziyoyev

Toshkent shahri, 2018 yil 8 dekabr


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?