Qish va bahor mavsumida aholi asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan qanday taʼminlanadi?

20:12 26 Oktyabr 2018 Iqtisodiyot
719 0

Respublika aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz va kafolatli taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq 2019 yil 1 yanvardan ichki isteʼmol bozorining oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanish darajasi oziq-ovqat resurslarini ishlab chiqarish va ishlatishning prognoz koʻrsatkichlari orqali baholash tartibi joriy etiladi.

Shuningdek qaror bilan 2018-2019 yillar qish va bahor mavsumiga:

⦁ asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarishning umumiy prognoz hajmlari va tayyorlov tashkilotlari boʻyicha prognoz hajmlari;

⦁ “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi hududiy tashkilotlarining, hududiy tayyorlov tashkilotlarining asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish prognoz hajmlari;

⦁ sogʻliqni saqlash va taʼlim muassasalari tomonidan asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish prognoz hajmlari;

⦁ asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini (kartoshka, piyoz, sabzi, guruch) zaxiraga jamgʻarishning reja jadvali tasdiqlandi.

Xususan, aholini arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida 2018-2019 yillar qish va bahor mavsumiga 222 ming 409 tonna kartoshka, 120 ming 676 tonna piyoz, 91 ming 617 tonna sabzi, 66 ming 475 tonna guruch zaxira qilib qoʻyiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?