Qirgʻizistonlik qardoshlarning Fargʻonaga sayohati qanday kechdi?

12:51 16 Sentyabr 2020 Jamiyat
66 0

Fargʻona viloyati va qoʻshni Qirgʻizistonning chegaradosh Batken viloyatlari oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar tobora yaxshilanib borayotgani eʼtiborga sazovordir.

Batken viloyatida yashovchi bir guruh nuroniylarning Fargʻonaga amalga oshirgan navbatdagi sayohati ham bir olam taassurotlar bilan oʻtdi. Tashrif doirasida qardoshlarimiz Margʻilon shahridagi viloyat Hunarmandlar va Raqamli texnologiyalar markazlari, “Yodgorlik” korxonasi, Pur Siddiq majumasi, Islom Karimov nomli viloyat Teatr-konsert saroyiga maroqli sayohat uyushtirishdi. “Oltin vodiy”, «Ekokerama» singari zamonaviy korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

— Oʻzim Rishton tumanida tugʻilganman,-deydi Abdusalom ota Qoʻldoshev. — Taqdir taqozosiga koʻra salkam 40 yildan buyon Qirgʻizistonda yashayman. Bugun deyarli 40 yil koʻrishmagan rishtonlik bolalik doʻstim Abdumutal Abdurahimov bilan koʻrishdik. Sogʻinchli diydordan koʻngillarimiz yayradi.

B. Madiyorov
(“Xalq soʻzi”
)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?