Qirgʻizistonda koronavirusga chalingan shifokorlar soni oshmoqda

21:59 22 May 2020 Dunyo
301 0

Foto: РИА Новости

Qirgʻizistonda koronavirus infeksiyasi holatlari soni 1350 ga yetdi. Bu haqda bugun, 22-may kuni COVID-19 ga qarshi kurashish boʻyicha respublika shtab-kvartirasi maʼlum qildi.

“2020-yil 21-mayda respublikada SOVID-19 ning 37 ta yangi holati qayd etildi“, dedi shtab vakili.

Uning soʻzlariga koʻra, yangi yuqtirganlar orasida uch nafar tibbiyot xodimi ham bor. 20 nafar bemor kasallikdan butkul sogʻaygan.

Bugungi kunda Respublikada COVID-19 koronavirusi 1350 kishida aniqlandi. Ulardan 273 nafari tibbiyot xodimi. 14 kishi halok boʻldi. 949 bemor sogʻayib, shifoxonalardan chiqarildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?