Qirg‘izistonda harbiy vertolyot halokatga uchradi

16:19 09 Iyul 2018 Dunyo
295 0
Illyustrativ foto

Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatidagi Janubiy Enilchek muzligi hududida Mi-8MTV harbiy vertolyoti halokatga uchradi.

Qurolli Kuchlar Bosh shtabi xabariga ko‘ra, ushbu hodisa 9 iyul kuni vertolyot alpinistni chiqarib olish bo‘yicha qutqaruv operatsiyasini amalga oshirayotgan paytda ro‘y berdi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, kuchli shamol tufayli vertolyot yonboshiga ag‘darilgan. Oqibatda to‘rt kishi jarohatlangan, qurbonlar yo‘q. Bosh shtabda hozirgi vaqtda alpinistni va qutqaruvchilarning o‘zini qutqarish bo‘yicha tegishli tadbirlar olib borilayotganini ta’kidlashdi. Vertolyotning holati haqida hozircha hech narsa ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, Janubiy Enilchek Tyan-Shandagi eng yirik muzlik hisoblanadi va Xitoy bilan chegara yaqinida joylashgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?