Qirgʻizistonda ham poytaxt nomini oʻzgartirish taklif etilmoqda

16:19 25 Mart 2019 Dunyo
410 0

Illyustrativ foto

Ushbu taklif Qirgʻiziston prezidenti maʼmuriyati sobiq rahbari Emilbek Kaptagayev tomonidan bildirildi.

U oʻzining ”Feysbuk” ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida poytaxtni Manas shahri deya qayta nomlash barcha nuqtai nazarlarga toʻgʻri kelishini bildirgan.

Poytaxtdagi Sverdlovsk tumanini esa Bishkek deb nomlashni ilgari surgan.

“Axir u yerda Pishpek qalʼasi joylashgan (nimagadir Kuznechnoy qalʼasi deb nomlashadi) va Bishkek qishlogʻi ham joylashgan boʻlishi mumkin... Bishkek botir yashab oʻtgani va u qilgan ishlar haqidagi va har yili yangi tafsilotlar bilan toʻlib borayotgan tushunarsiz asoslarga ega qandaydir afsonadan tashqari, bu bahsli masalaligicha qolmoqda”, deb yozadi u.

Ayrim foydalanuvchilar oʻz izohlarida poytaxtni qayta nomlashni qoʻllab-quvvatlashgan boʻlsa, boshqalar bunga mutlaqo qarshi chiqqan.

Xabaringiz bor, yaqinda Qozogʻiston poytaxti Ostona rasman Nur-Sulton deb atala boshlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?