Qirgʻizistonda 330 nafar tibbiyot xodimi koronavirusga chalindi

21:35 29 May 2020 Dunyo
170 0

Foto: РИА Новости

Qirgʻizistonda oʻtgan bir sutkada yana 68 kishida koronavirus aniqlandi va jami bemorlar soni 1662 nafarga yetdi, deb xabar beradi mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi vakili.

Yangi aniqlangan bemorlarning 35 nafari Bishkek shahri hisobiga toʻgʻri keladi — ularning 26 nafari Sankt-Peterburgdan kelgan kursantlar. Shuningdek, kasallanganlar orasida tibbiyot xodimlari ham bor.

Ayni damda COVID-19ni yuqtirgan tibbiyot xodimlari soni 330 nafarga yetgan.

Mamlakat boʻylab koronavirusdan tuzalganlar soni 1088 kishi, 16 kishi kasallikdan vafot etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?