Qirgʻiziston janubida oʻzbekistonlik tadbirkorlar koʻmagida logistika markazi ish boshladi

18:35 11 Fevral 2019 Iqtisodiyot
350 0

Illyustrativ foto

Qirgʻizistonning Jalolobod shahrida meva va sabzavotlarni saqlash uchun logistika markazi oʻz ishini boshladi. Markaz toʻrtta kameradan iborat boʻlib, har birida 100 tonnagacha mahsulot saqlash mumkin.

Ayni paytda u yerda 15 tonna karam, 80 tonna kartoshka va 40 tonna olma saqlanmoqda. Ushbu markaz xitoylik va oʻzbekistonlik tadbirkorlarning 110 ming dollar miqdoridagi sarmoyasi bilan qoʻllab-quvvatlanishi natijasida barpo etildi.

- Logistika markazi elektr quvvati uchun toʻlovni tijorat narxlarida beradi. Biz ishlab chiqarish korxonasi emasmiz va eksport qila olmaymiz. Agar saqlash korxonasi uchun imtiyoz boʻlmasa, ishlash qiyin boʻladi, - dedi markaz rahbari Gulnoz Ergeshova.

Logistika markazi vakillari ushbu masala bilan parlament qoʻmitasiga murojaat etmoqchi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?