Qirgʻiziston va Tojikiston chegaradagi vaziyat boʻyicha kelishuvga erishdi

17:39 18 Sentyabr 2019 Dunyo
241 0

Soʻgʻd viloyati Bobojon Gʻofurov tumani Ovchi Qalʼacha qishlogʻi Bahor mahallasida Tojikiston va Qirgʻiziston delegatsiyalarining chegara masalalari boʻyicha muzokaralari yakunlandi, deb xabar berdi asiaplus.tj manbasi.

Yakunda kelishuvga erishilgan. Yaʼni qirgʻiz tomoni kuzatuv minorasini olib tashlaydi, tojik tomoni esa bunday minorani qurmaydi.

Muzokaralar ertalab 7:30 da boshlangan va 10:15 gacha davom etgan.

Oʻz navbatida tomonlar 18 soat ichida qoʻshimcha kuchlar va harbiy texnikalarni olib tashlash boʻyicha qaror qabul qilgan. Bu haqda AP manbasi xabar berdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?