Qirgʻiziston Oʻzbekistonga kartoshka eksport qilishni qayta yo‘lga qo‘ydi

12:36 02 Noyabr 2018 Iqtisodiyot
687 0

Qirgʻiziston Oʻzbekistonga kartoshka eksport qilishni boshlab yubordi. Bu haqda Qirgʻiziston qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Manba maʼlumotlariga koʻra, Respublikaning Issiqkoʻl viloyatidan Oʻzbekistonga birinchi partiya sifatida 66 tonna oziq-ovqat kartoshkasi joʻnatilgan.

Eslatib oʻtamiz, oktyabr oyi oʻrtalarida Oʻzbekiston mamlakatning 17 ta kompaniyasiga Qirgʻizistondan kartoshka import qilishga ruxsat bergandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?