Qirg‘iziston – O‘zbekiston chegarasida pasport nazorati punktlari ko‘paytiriladi

15:30 12 Iyun 2018 Siyosat
319 0
Foto: protoday.uz

BMT Qirg‘iziston – O‘zbekiston chegarasidagi “Do‘stlik - Avtodorojniy” nazorat-o‘tkazish punktiga (NO‘P) yangi texnikalar taqdim etdi. Bu haqida Qirg‘iziston davlat chegara xizmati ma’lum qildi.

Qayd qilinishicha, Mazkur zamonaviy kompleks kompyuterlar, videokuzatuv uskunalari va fotoapparatlarni o‘z ichiga oladi.

Uskunalar yaqin vaqt ichida o‘rnatiladi. Bu esa NO‘Pning o‘tkazish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.

O‘z navbatida pasport nazorati punktlari 30 tagacha (kirishda 15 ta, chiqishda 15 ta) ko‘paytirilishi rejalashtirilgan. Hozir ularning soni 14 tani tashkil qiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?