Qirgʻiz harbiylarida koronavirus aniqlandi. Ular paradda qatnashayotgan edi

23:31 12 Iyun 2020 Dunyo
396 0

24-iyun kuni Moskva shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan 2 jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 75 yilligi sharafiga oʻtkazilayotgan harbiy paradda ishtirok etishi kutilayotgan oʻnta qirgʻiz askarida COVID-19 infeksiyasi aniqlandi.

Kasallanganlar bilan aloqa qilganlarning hammasi kuzatuvga qoʻyiladi. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan, paradda qatnashadiganlar toʻliq oʻzgartiriladi - Rossiyaga 79 kishidan iborat zaxira guruhi yuboriladi.

Yaqin vaqtga qadar Talas viloyati epidemiya tarqalmagan yagona mintaqa boʻlib qoldi, ammo oʻtgan kuni COVID-19 mahalliy tibbiyot xodimi tomonidan aniqlandi va bugungi kunda ushbu mintaqada yuqtirganlar soni uch kishiga etdi.

10-iyun kuni Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Markaziy Osiyodagi beshala respublika prezidentlari 24-iyun kuni boʻlib oʻtadigan paradda ishtirok etishlarini tasdiqlaganligini maʼlum qildi. Shuningdek, Moldova, Serbiya, Xorvatiya, Abxaziya, Janubiy Osetiya rahbariyatining ham ishtiroki tasdiqlandi.

Shuningdek, Tojikiston Qurolli Kuchlari askarlari mamlakat Qurolli Kuchlari Bosh shtabi podpolkovnigi Fayzimuhammad Hafizoda rahbarligida Moskvadagi harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga yetib borgan. Ular ertadan paradga tayyorgarlik mashqlarini boshlaydilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?