O‘zbekiston va Qirg‘iziston yangi chegara chiziqlarini belgilab oldi

11:14 17 Iyul 2018 Siyosat
411 0
Illyustrativ foto / Sputnik

Ikki davlat hukumatlari tomonidan tasdiqlangan Reja-grafikka muvofiq 2018-yilning 9-15-iyul kunlari O‘sh shahrida (Qirg‘iziston) Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatlari delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida 2018-yilning 2-7-iyul kunlari O‘zbekistonning Namangan va Farg‘ona viloyatlari bilan Qirg‘izistonning Botken va Jalolobod viloyatlari tutashgan hududlarda joylashgan uchastkalarda o‘tkazilgan qo‘shma dala tekshiruvlarining yakunlari ko‘rib chiqildi.

Tashqi ishlar vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, qo‘shma dala tekshiruvlari natijasida ikki hududdan, jumladan G‘ova uchastkasi va qisman G‘ovasoydan o‘tuvchi chegara chizig‘i belgilandi.

Muzokaralar yakunida tegishli Bayonnoma imzolandi.

Uchrashuv do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ruhida bo‘lib o‘tdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?