Qimmatbaho avtomobillarni boj to‘lovisiz olib kirishga ruxsat beriladi

13:58 03 Iyul 2018 Iqtisodiyot
2499 1
Foto: BMW M2 купе

O‘zbekistonda 2019 yilning 1 yanvaridan ishlab chiqarilganiga ikki yildan ko‘p bo‘lmagan va narxi 40 ming dollarga teng bo‘lgan yengil avtomobillarni bojxona to‘lovlarisiz olib kirish mumkin bo‘ladi.

Ularga nisbatan bojxona narxidan 20 foiz miqdorida aksiz solig‘i qo‘llaniladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan “Tashqi iqtisodiy faoliyatni va bojxona-tarif tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorda shunday qoida belgilab qo‘yildi. Boshqa avtomobillarga nisbatan esa boj to‘lovi va aksiz solig‘i o‘zgarishsiz qoldi.


Izohlar


Nodir Temirov

Пули бор инсонлага яхши бу, каёдиги Малибу огандан зурде

19:3303.07.2018