Toshkent dengizida ikki kishiga o‘q uzib qochgan shaxs qidirilmoqda

10:51 16 Iyul 2018 Jamiyat
455 0
Illyustrativ foto

Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida 12 iyul kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi, “Toshkent dengizi” dam olish maskani ishchisi A.R. (1992 yilda tug‘ilgan) dam olish maskan hududida joylashgan avtoturargohda bezorilik qilgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Xabarda qayd qilinishicha, A.R. yonida bo‘lgan pnevmatik to‘pponchadan shu avtoturargohda yollanib ishlayotgan M.Z. va F.I.ga o‘q otib jarohat yetkazgan va voqea joyidan qochib ketgan. Natijada jarohat olgan ikki nafar ishchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Ayni vaqtda A.R.ni ushlash choralari ko‘rilgan va u qidirilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?