Qibrayda zamonaviy yangi bogʻcha foydalanishga topshirildi

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq so‘zi”
Qibray tumanidagi “Gulbogʻ” mahallasida “Happy Smart Kids” nomli davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha taʻlim muassasasi oʻz faoliyatini boshladi.
Bogʻcha oʻrnida eski maktabgacha taʻlim muassasasi binosi boʻlib, u necha yillardan buyon faoliyat koʻrsatmasdan xarob va tashlandiq ahvolga kelib qolgandi. Xususiy tadbirkor Sardor Suvonqulov tomonidan 2,5 milliard soʻm sarflangan holda bino va inshootlar yangidan qurildi. Oʻyin maydonchalari, oshxona, musiqa va sport zallari zamonaviy jihozlandi.

— Bogʻchamiz 120 oʻringa moʻljallangan, — deydi maktabgacha taʻlim muassasasi mudirasi Dilfuza Ahmedova. — Hozirgi kunda 75 nafar kichkintoy tarbiyalanmoqda. Muassasamizga bolalarni qabul qilishda mahalladagi kam taʻminlagan, boquvchisini yoʻqotgan oilalar farzandlari uchun 50 foiz chegirma joriy qilingan. Bogʻchamizda oziq-ovqat mahsulotlarining sifatli, xavfsiz va sanitariya-gigiyena talablariga toʻliq rioya qilingan holda tayyorlanishiga jiddiy eʻtibor qaratiladi. Tarbiyalanuvchilarga belgilangan standartlarga muvofiq, sifatli, toʻyimli hamda foydali taom va yeguliklar tayyorlab berilmoqda.

Ayni paytda muassasada 22 nafar pedagog xodim faoliyat yuritmoqda. Kundalik mashgʻulotlardan tashqari rus, ingliz tili, shaxmat, shashka, rasm chizish, badiiy gimnastika, suzish toʻgaraklari ham faoliyat koʻrsatmoqda. Har bir guruh xonasiga oʻrnatilgan kuzatuv kameralari va yangi integratsiyalashgan elektron monitoring tizimi orqali ota-onalar uylarida oʻtirib ham internet yordamida farzandlarining mashgʻulotlarda qanday ishtirok etayotgani, oʻzini tutishi va kun davomidagi jarayonlarni kuzatishi mumkin.
— Qizim Saodatxon shu bogʻchaga qatnayapti, — deydi ota-onalardan biri Dilnoza Abdusalomova. — Muassasa uyimizga yaqin hududda joylashgan, zamonaviy koʻrinishga ega, tarbiyachilari malakali, shirinsoʻz. Eng muhimi, bu yerdagi sharoitlar — bolalarning oʻyin maydonchalari, ovqatlanish, yuvinish, dam olish xonalari talablarimizga mos. Bu farzandlarimizning sifatli boshlangʻich bilim olishlari, har tomonlama sogʻlom oʻsib-ulgʻayishiga xizmat qiladi.
Dilshod KARIMOV, “Xalq soʻzi” muxbiri.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: