Qator tashkilotlarning monopol huquq va imtiyozlari bekor qilinishi mumkin

12:29 02 Iyul 2020 Jamiyat
292 0

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan tadbirkorlik subyektlariga beriladigan eksklyuziv huquqlar, imtiyozlar, individual soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va Qonun loyihalarini ishlab chiqdi. Bu haqda qoʻmita axborot xizmati xabar berdi.

Loyihalarda “Oʻzmetkombinat” AJning qora metallarni, “Oʻzavtorsvetmet” AJning rangli metallarni, “Davlat belgisi” DUKning turli xil qogʻoz mahsulotlarini ishlab chiqarishidagi monopol holati va eksklyuziv huquqlarini, “Oʻzstandart” Agentligiga tegishli oʻlchov vositalarini tekshirish va shtrix-kodlarni berish boʻyicha korxonalari kabi monopoliyalarni bekor qilish koʻzda tutilgan. Bundan tashqari muayyan sohalarda loyihalash ishlari uchun individual dizayn institutlari, alohida davlat idoralariga xizmat koʻrsatadigan individual sugʻurta kompaniyalari monopol holati bekor qilinishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek, biznes uchun teng boʻlmagan shart-sharoitlarni, xususan, “Oʻzbekipaksanoat”, “Oʻzyogʻmoysanoat”, “Oʻzeltexsanoat”, “Parrandasanoat”, “Oʻzbekistonasalarichilari”, kartoshka ishlab chiqaruvchilar, “Oʻzcharmsanoat” kabi turli birlashmalar aʼzolariga, “Xalq bank”, “Mikrokreditbank”, “Agroeksportbank” tijorat banklari, individual paxta va toʻqimachilik klasterlarga beriladigan imtiyoz va preferensiyalarini bekor boʻlishi koʻzda turilgan.

Ushbu roʻyxatni toʻldirish uchun aholidan takliflarni kutib qolamiz, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?