Qatarda jahon chempionati uchun qurilayotgan stadionlarning uchinchisi tayyor boʻldi

18:19 06 Iyun 2020 Dunyo
288 0

Qatarda futbol boʻyicha 2022-yilgi jahon chempionati uchun qurilayotgan stadionlarning uchinchisi tayyor holga keltirildi. "The Education City Stadium” deb nomlangan ushbu stadion Doha shahri yaqinida joylashgan boʻlib, 45 mingdan ortiq muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi.

“Ushbu stadionning ochilishi 15-iyunda boʻlib oʻtadi va unda koronavirus pandemiyasi davrida muhim ishlarni bajarishda hissa qoʻshgan ishchilar eʼtirof etiladi va bu jonli efirda namoyish etiladi.

Shuningdek, ushbu dasturda sportning kelajagi, ruhiy sogʻlomlik va koronavirusdan keyingi davrdagi muxlislarning holatlari ham muhokama qilinadi”, deyiladi tashkiliy qoʻmitaning 4-iyunda bergan bayonotida.

Sharq mamlakatlari ichida birinchi boʻlib Jahon chempionatini qabul qilayotgan Qatar 8 ta stadionni oʻz vaqtida topshirish uchun ushbu musobaqaga tayyorgarlik va qurilish ishlarini davom ettirmoqda.

“Biz odatdagidan sekinroq tarzda ishlashni davom ettirmoqdamiz. Lekin biz infratuzilma borasida oʻyinlardan oldin tayyor boʻlamiz. Yana ikkita stadionning 80 foiz ishini tugalladik va ularni Qatar 2022 boshlanishidan yarim yil oldin topshiramiz”, deydi Oliy Qoʻmita bosh kotibi Hasan al-Tavadi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?